"Anderlext" "Sevilya"dan Dileynini ijaraga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
23 avg 2023
"Anderlext" mabuot xizmati "Sevilya"dan Tomas Dileyni ijaraga olinganini e'lon qildi.

Andalusiya shahri jamoasi safida futbolchi 2021 yilda Dortmundning "Borussiya"dan kelganidan buyon harakat qilmoqda. Jamoa safida daniyalik umumiy hisobda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyidan buyon futbolchi "Xoffenxaym" safida ijarada to'p tepayotgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rsca.be