"Andijon" Turkiyada 9 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqiblar orasida Norvegiya jamoasi bor

Iskandarov Abdulaziz
22 jan 2025
"Andijon" bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi qismiga kirishadi.

"Burgutlar" bugun Antaliyaga yo'l oladi va mashg'ulotlarni davom ettiradi. U erda davom etadigan 35 kunlik tayyorgarlik jarayonida “Burgutlar” 9 ta nazorat uchrashuvini o'tkazishi ko'zda tutilgan. Hozirga qadar 7 ta sparring-raqiblar nomi malum va bir kunda ikkitadan o'yinlar ham o'tkaziladi. 

Etiborlisi, “Andijon” Antaliyada asosan Evropa klublariga qarshi bahs olib boradi. Tez orada yana ikkita raqib nomi malum bo'ladi. 

“Andijon” jamoasining Antaliyada o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari:

25-yanvar. “Andijon” – “LKS Lodz” (Polsha)

29-yanvar. “Andijon” – “Vorskla” (Ukraina)

2-fevral. “Andijon” – “Borac Banya-Luka” (Bosniya va Gercegovina)

7-fevral. “Andijon” -  “ASK Voycberg” (Avstriya)

7-fevral. “Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya)

13-fevral. “Andijon” – “FK Zelin” (Chexiya)

17-fevral. “Andijon” – "Vishista Krakov” (Polsha)


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: "Андижон" матбуот хизмати

Izohlar

Real.M & Chelsi
22 jan
Lods,Voskla,Borats,Zlin Oliy Liga jamoalari,sparringbop jamoa Andijon uchun
Бек 75
22 jan
Андижонимга омад
dessi anvar
22 jan
2 - февральда банья билан ўйнаркан бешга бир билан ўтса керак