Andrea Pirlo: "Ronalduga bitta maslahat bera olaman - shu ruhda davom etish!"

Alisher
22 noya 2020
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriya 8-tur doirasidagi "Kalyari" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng bahsda ikkita gol urgan forvard Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Ronaldu - barchaga ma'lum bo'lganidek, katta professional. U o'yin paytida ham, mashg'ulot paytida ham atrofdagilarga haqiqiy o'rnak bo'la oladi.

Men Ronalduga bera oladigan yagona maslahat - uning shu ruhda davom etish", - deydi Pirlo.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 2018 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: DAZN