Andriya Kaluderovich: "Nasaf" bilan sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021
Ikkinchi davrada "Nasaf"ga kelib qo'shilgan Andriya Kaluderovich klub rasmiy saytiga jamoaga kelib qo'shilishi, holat va maqsadlari bilan bo'lishdi.

 “Meni jamoaga kelib qo'shilishimga Marko sababchi bo'ldi. U menga o'zi o'ynayotgan jamoa hujumchi qidirayotgani va u meni tavsiya qilgani haqida gapirdi. Biz oldin ham bir jamoada harakat qilganmiz. Meni bu erda yaxshi kutib olishdi va moslashib kyetishim ham qiyin bo'lmadi. "Nasaf" sovrinli o'rinlar uchun ko'rashmoqda. Men o'z o'yinim va gollarim bilan jamoaning sovrinlarni qo'lga kiritishida yordam bermoqchiman” –deydi Andriya.

- Qisqa fursatda Superliga, O'zbekiston Kubogi va OFK Kubogi bellashuvlarida maydonga tushdingiz bu haqida ham ikki og'iz fikr bildirsangiz…

- Men jamoaga kelib qo'shilgandan so'ng biz faqat O'zbekiston Kubogi va OFK Kubogida g'alaba qozondik. Superliganing navbatdagi bellashuvlarida ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати