

Shu tariqa, Angliya barcha saralash o'yinlarida gol o'tkazmasdan, Yugoslaviya terma jamoasining 1954 yilgi Jahon chempionati saralashidagi rekordini yangiladi. Bu haqda Opta ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Tomas Tuxel shogirdlari saralash bosqichida Albaniya (2:0, 2:0), Latviya (3:0, 5:0), Andorra (1:0, 2:0) va Serbiya (5:0, 2:0) terma jamoalarini mag'lub etdi.
1954 yilgi jahon chempionati saralashida Yugoslaviya Gretsiya (1:0, 1:0) va Isroil (1:0, 1:0) bilan bir guruhda o'ynagan. JCH-1954 da esa Bolqon jamoasi chorak finalgacha chiqib, u yerda yakunda g'olib bo'lgan G'arbiy Germaniyaga (0:2) mag'lub bo'lgandi.



