Angliya termasining oktyabr oyidagi FIFA kunlari uchun tarkibi malum

Khoja
4 oct 2024
Angliya milliy jamoasining UEFA Millatlar ligasi doirasida Greciya (10 oktyabr) va Finlandiyaga (13 oktyabr) qarshi uchrashuvlar uchun tarkibi elon qilindi.

Darvozabonlar: Din Henderson (Kristal Pelas), Jordan Pikford (Everton), Nik Poup (Nyukasl).

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (Liverpul), Levi Koluill (Chelsi), Mark Guexi (Kristal Pelas), Ezri Konsa (Aston Villa), Riko Lyuis, Jon Stounz, Kayl Uoker (barchasi – Manchester Siti).

Yarimhimoyachilar: Jud Bellinghem (Real), Fil Foden (Manchester Siti), Konor Gallaher (Atletiko), Morgan Gibbs-Uayt (Nottinghem Forest), Anxel Gomes (Lill), Kobbi Maynu (Manchester Yunayted), Koul Palmer (Chelsi), Deklan Rays (Arsenal).

Hujumchilar: Entoni Gordon (Nyukasl), Jek Grilish (Manchester Siti), Harri Keyn (Bavariya), Noni Madueke (Chelsi), Bukayo Saka (Arsenal), Dominik Solanke (Tottenhem), Olli Uotkins (Aston Villa).


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: championat.com

Izohlar

ABDUSALOM ZHURAEV
4 oct 2024
"окйтабр ойи" Админ, хатони тўғирлаб қўйинг!
Пахтакорим
4 oct 2024
Магуайр йўқку!!! Кеча гол урувди