Angliyada futbol agenti 8 yil avvalgi jinoyati uchun hibsga olindi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2025
Angliyada futbol agent zo'rlashda gumonlanib hibsga olindi.

Hibsga olish 29 mart kuni agent Londonning "Xitrou" aeroportiga qo'nganidan so'ng amalga oshirildi.


Uning hibsga olinishi 8 yil avval Londonda sodir bo'lgan deb taxmin qilinayotgan hodisa bilan bog'liq. Policiyaga murojaat 2024 yil mart oyida qilingan.

"Erkak zo'rlash va og'ir tan jarohati etkazishda gumon qilinib hibsga olindi. U kafolat asosida ozod etildi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda", – deyiladi policiya xabarida.


Agentning ismi oshkor etilmagan, ammo u bir necha mashhur futbolchilarning manfaatlarini himoya qilgani qayd etilgan.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: The Athletic

Izohlar

Akrom Tuychiyev
7 apr
Ana aniqlik. Palonchi oʻgʻli pistonchi deb qoʻyaqolmapsilarda