Angliyalik uch nafar futbolchi jarohat sabab terma jamoaning sentyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

I.J.I
4 sep 2024
Ular Millatlar ligasi o'yinlarida qatnasha olmaydilar.

Angliya terma jamoasining FIFA kunlari uchun elon qilingan qaydnomasidan uch nafar futbolchi olib tashlandi. Koul Palmer, Fil Foden va Olli Uotkinslarda jarohat bor, shu sababli ular Millatlar ligasi o'yinlarida ishtirok eta olishmaydi. 

Inglizlar bu uchchala o'yinchi o'rniga boshqa futbolchilarni jalb qilishni rejalashtirmayaptilar.

Malumot uchun, Angliya 7 va 10 sentyabr kunlari Irlandiya va Finlyandiya termalariga qarshi maydonga tushadi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: www.englandfootball.com

Izohlar

Dilmurod Umarov
4 sep 2024
Uchala futbolchi ham hujum chizig'i vakillari ekan