Anri Rafinyani "Oltin to'p" uchun kurashda asosiy favorit deb hisoblamoqda

Alisher
12 mar 2025
"Barselona" va "Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "Oltin to'p" uchun kurashda favoritni aytdi.

"Rafinya hozir men uchun hammadan oldinda. U Chempionlar Ligasida 11 ta gol urdi. Muhammad Saloh - katta nomzod, Keyn - nomzod, Dembele - ehtimol. U haqda biroz ko'proq gapirishimiz kerak. To'laqonli hujumchi bo'lganingda, himoyachilarga yordam berishni va yaxshi pressing qilishni ham bilishing kerak. Sen qilishing kerak bo'lgan ko'plab ishlar bor va Rafinya bularning barchasini amalga oshiradi", - dedi francuz.

Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 28 yoshli braziliyalik futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: Mundo Deportivo

Izohlar

Aziz Baxromov
12 mar
Real o‘yinchilari hardoimgidey ro‘yxata yo‘q????????????
Salom_Madrid
12 mar
Barselonaga yaxshi yo‘lak tushib qoldi va ularga qur‘a omadli keldi. Bu narsa futbolchilarga foyda keltirishi mumkin. L.n Realni ham unutmaslik kerak.
Qirol Zidan
12 mar
Барселонадан кимдир Олтин тўп олиши энди даргумон. ФИФА олдинги хатоларни такрорламаса керак. Левандовски, Роналдуларга қилинган адолатсизликлар ўтмишда қолди.
Man_Utd Norin
12 mar
Hamma shunaqa deb xisoblamoqda. Saloh Oltin Top kurashidan chiqti Rafinya da imkoniyat katta
Dostonbek Anvarov
12 mar
3 лик олтин топга Рафиня Левандовски Ямал болганида зор боларди