
APL: 31-tur prevyusi. Mourino-Venger qarama-qarshiligi va boshqa to'qnashuvlar
Arsen Vengerning yubileyi fonida “Chelsi” hamda “Arsenal” chempionlik poygasidagi eng muhim o'yinlardan birini “Steford Brij”da o'tkazishadi. Biroq Angliya chempionati 31-turida yuz berishi kutilayotgan qiziqarli voqealar shuning o'zidan iborat emas.
