APL top-klublari "Al Hilol" hujumchisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2025
"Al Hilol"ning serbiyalik hujumchisi Aleksandar Mitrovich ushbu yozgi transfer oynasida "Tumanli Albion"ga qaytishi mumkin.

"Caught Offside" xabariga ko'ra, 30 yoshli serbiyalik futbolchining xizmatlariga APLning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda, yani "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem". 

Qayd etish joiz, "Al Hilol" ustozi Simone Inzagi yangi mavsumda Mitrovichga ishonch bildirmoqchi emas. Ayni damda ekspertlar serbiyalikning transfer qiymatini 18 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Aleksandar Mitrovich o'tgan mavsum "Al Hilol" tarkibida Saudiya Arabistoni chempionatida 23 o'yinda maydonga tushib, 20 ta to'p kiritgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside