APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar malum qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
2 jan 2025
APL matbuot xizmati dekabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun nomzodlarni malum qildi.

Unga ko'ra, oyning eng yaxshisi bo'lish uchun Trent Aleksander-Arnold, Muhammad Saloh, Morgan Gibbs-Uayt, Din Xyoysen, Aleksander Isak, Jeykob Myorfi, Koul Palmer va Entoni Robinson nomzodlari ilgari surilgan. 

Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"): 6 o'yin, 1 ta gol, 3 ta uzatma;

Morgan Gibbs-Uayt ("Nottingem Forest"): 6 o'yin, 1 ta gol, 2 uzatma;

Din Xyoysen ("Bornmut"): 6 o'yin, 2 ta gol;

Aleksander Isak ("Nyukasl"): 6 o'yin, 8 ta gol, 2 ta uzatma;

Jeykob Myorfi ("Nyukasl"): 6 o'yin, 3 ta gol, 4 ta uzatma:

Koul Palmer ("Chelsi"): 7 o'yin, 5 ta gol, 1 ta uzatma;

Entoni Robinson ("Fulxem"): 7 o'yin, 4 ta uzatma;

Muhammad Saloh ("Liverpul"): 6 o'yin, 7 ta gol, 7 ta uzatma.

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida APLning "Eng yaxshi futbolchisi" deb Saloh tan olingandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: premierleague.com

Izohlar

Abdulaziz Esanboyev
2 jan
Albatta katta extimol bilan Salah olsa kernel 7+7 bu shunchaki fantastika
Mahmud Ttww
2 jan
Салаҳ....
Kenny Dalgish
2 jan
Исаак ҳам олиши мумкин, 8+2 экан. Ньюкасль дакабрда катта ўсишга эришди, кўп ўйинларни йирик ҳисобларда ютди
Kenny Dalgish
2 jan
Исаак ҳам олиши мумкин, 8+2 экан. Ньюкасль дакабрда катта ўсишга эришди, кўп ўйинларни йирик ҳисобларда ютди
Dostonbek Anvаrоv
2 jan
Холанд кани