APLning uch grandi La Ligadagi iqtidorni nishonga oldi

Alisher Ostonov
17 apr 2025
"Betis"ning 19 yoshli vingeri Xesus Rodriges Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transferlar oynasida Rodriges uchun kurashda yetakchilik qilayotgan klublardan biri hisoblanadi.

"Kanonirlar" La Liganing so'nggi turlarida 19 yoshli ispaniyalik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borishgan. Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Liverpul" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Takidlanishicha, hozircha klublarning hech biri "Betis" bilan rasmiy muzokara o'tkazmagan. Rodriges bu mavsum "Betis"ning asosiy jamoasi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: CaughtOffside