APLning uch klubi va saudiyaliklar to'purar hujumchi uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
20 mar 2026
Said El Mala ko'plab klublar qiziqishlari doirasida.

"Sky Sport Deutschland" ma'lumotiga ko'ra, "Keln" to'purariga "Chelsi", "Brayton" hamda "Nyukasl"dan tashqari Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

"Keln" esa 19 yoshli futbolchisi uchun 40 million evrodan kam so'ramoqchi emas.

Ushbu mavsumda El Mala Bundesliganing 26 o'yinida qatnashib, 9 gol qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland