Arauxo "Barselona"da yana bir bor imkoniyatga ega bo'lishdan umidvor

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024
Himoyachi ijara asosida "Las-Palmas"da o'ynamoqda.

"Las-Palmas"da ijarada to'p tepayotgan "Barselona" himoyachisi Xulian Arauxo Kataloniya klubida yana bir bor imkon berishlarini xohlaydi.

"Men "Las-Palmas"da o'zimni juda yaxshi his qilyapman, lekin, albatta, "Barselona"ga qaytishni orzu qilaman. Umid qilamanki, u yerda menga imkoniyat beriladi", – dedi Arauxo.

22 yoshli Xulian Arauxo joriy mavsum "Las-Palmas" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano