

Qur'a yakunlariga ko'ra, "qaymoqranglilar" "Manchester Siti" bilan to'qnash keladi.
Mutaxassisning aytishicha, muxlislarni Yevropaning ikki grandi o'rtasidagi yorqin va principial qarama-qarshilik kutib turibdi. Arbeloa bunday darajadagi o'yinlar har doim "Real" ishqibozlarida alohida qiziqish uyg'otishini ta'kidladi, chunki raqib eng yuqori saviyadagi jamoa hisoblanadi.
"Bu ikki buyuk klub o'rtasidagi o'ta qiziqarli uchrashuvlar bo'ladi. Muxlislarimiz aynan raqibning darajasi tufayli bunday duellarni qadrlaydi. Biz bu o'yinlarga to'liq tayyor holda yetib kelamiz", – dedi murabbiy.
Birinchi o'yin 11 mart kuni Madridda bo'lib o'tadi, javob bahsi esa 17 martda Angliya jamoasi maydonida o'tkaziladi.
Joriy mavsum finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi o'yin 30 may kuniga belgilangan.



