

Oldinroq, "to'pchilar" yanvardagi transfer oynasida "Chelsi" himoyachisi David Luis va "Monako" yarim himoyachisi Toma Lemarni xarid qilmoqchi ekanligini e'lon qilingan edi.
"Aniq bir narsa haqida gapirmoqchi emasman, ammo bu xabarlar xato" - deydi fransiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" yozda Lemarni xarid qilmoqchi edi. "Monako" uni 100 mln. evroga sotmoqchi bo'lgan, biroq futbolchi London klubiga o'tishni istamadi.



