"Arsenal" AQSH terma jamoasi darvozabonining transferini e'lon qildi

Alisher
27 iyun 2022
"Arsenal" rasmiy sayti AQSH terma jamoasi darvozaboni Mett Ternerning transferini e'lon qildi.

28 yoshli darvozabon "Nyu-Inglend Revolyushn"dan xarid qilindi. London klubi to'langan mablag'ni ma'lum qilmayapti. Futbolchi "kanonirlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va o'ziga 30-raqamni oldi.

Mett AQSH terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi va 18ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com