Mikel Arteta - APLning mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Liga matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mart oyida uning jamoasi uchta o'yin o'tkazdi va hammasida g'alaba qozondi: "Chelsi" (2-1), "Brayton" (1-0) va "Everton" (2-0).

11.jpg

Arteta bilan birga mukofotga nomzodlar orasida Eddi Xau ("Nyukasl"), Devid Moyes ("Everton"), Rejis Le Bris ("Sanderlend") va Fabian Xyurceler ("Brayton") bor edi.

"Arsenal" 31 turdan so'ng APL musobaqa jadvalida 70 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jamoa 11 aprel kuni "Bornmut"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com