Gvardiolaning "Manchester Siti"dan kyetish vaqti ma'lum

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shu yozda o'z lavozimini tark etadi.

Xabarlarga ko'ra, Gvardiola joriy mavsum oxirida "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi kutilmoqda. Hozirda uning o'rnini egallash uchun asosiy nomzod - “Lester" va "Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Enco Mareska.

Gvardiola 2016 yilning yozidan beri “shaharliklar”ga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida u klub darajasida 19 ta turli sovrinni qo'lga kiritdi.

Gvardiolaning "Siti" klubidagi eng so'nggi sovrini 22 mart kuni qo'lga kiritilgan Angliya Liga Kubogi bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe