“Arsenal” Emeriga o'rinbosar topib qo'ydi

Frederik Yungberg “Arsenal”ga qaytishi mumkin.

Agar joriy mavsum yakunida Unai Emeri “Arsenal” bilan YCHL yo'llanmasiga ega chiqa olmasa, u bilan shartnoma uzaytirilmaydi. Londonliklar ayni damda APL musobaqa jadvalida 15 ochko bilan 3-o'rinda ketmoqda. Shu boisdan klub ehtiyot chorasi sifatida Emeriga o'rinbosar izladi va uni topdi. Bu jamoaning sobiq a'zosi Frederik Yungber. Yungberg mavsum yakunida jamoani qabul qilib olishi mumkin. Frederik 1998-2007 yillarda “to'pchilar” sharafini himoya qilgan.


Manba: The Atlethic