"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar

Alisher Ostonov
19 dek 2025
Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos (Magalyaesh) noyabr oyida olgan jarohatidan so'ng allaqachon maydonda mashg'ulot o'tkazmoqda.

Bu haqda "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta ma'lum qildi.

"U har doimgidek tinimsiz mashq qilmoqda va juda yaxshi rivojlanmoqda. U maydonda mashg'ulot o'tkazmoqda, shunday ekan u ko'zlangan maqsaddan unchalik uzoq emas. Uning reabilitaciyaning keyingi bosqichlarida qanday rivojlanishini ko'rishimiz kerak, ammo biz ancha optimistik kayfiyatdamiz”, - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "kanonirlar" rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Gabriel noyabr oyidagi xalqaro tanaffusda Braziliya terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Undan keyin "kanonirlar" tarkibida uning o'rnini Pero Inkape egalladi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: arsenal.com