"Arsenal" o'yinchisi MYUga o'tmoqda

Alisher
29 yanv 2025
"Arsenal" himoyachisi Ayden Xeven "Manchester Yunayted"ga o'tadi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Futbolchi "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. U shuningdek "Ayntraxt"ning taklifini ham qanoatlantirmadi.

18 yoshli Xeven joriy mavsum "Arsenal" safida bitta o'yinda maydonga tushdi. Transfer haqida yaqin kunlarda rasman xabar beriladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano