"Arsenal" Saka bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazadi

Alisher
19 mar 2025
"Arsenal" hujumchi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma borasida rasmiy muzokaralarni boshlamoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan.

23 yoshli ingliz dekabr oyidan beri maydonga tushmayapti, sababi u "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda tizza osti payidan jarohat olgandi. U operaciya qilindi.

Saka "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: BBC

Izohlar

Lionel Messi
19 mar
haqiqiy futbol muxlisi sifatida Rodrigoni Cityga ótishligini Sakani Real olishini xoxlirdim Rodrigo Vini Mbapee borligida 3 darajadagi futbolchi bóp qogan óyinlardayam sezilvotti Mbapee Viniga pass beradi lekin Rodrigoga kamdan kam holatda pas bervotti atak birinchi raqamli bóla oladigan yuqori saviyalik futbolchi Sakayam yuqori saviyali chap oyoqlik vinger sovrin yutishlikka arzigulik bu Arsenal bn qiyinov Kane dan órnak olib yuqori ambitsiyalik klubga ótishi kere