"Arsenal"ga "Renn" vingeri kerak

Mirjalol Normatov
15 mar 2019
"Renn" vingeri Ismoil Sarr "Arsenal" qiziqishlari doirasida.

Goal xabariga ko'ra, 21 yoshli senegallik futbolchini ancha vaqtdan buyon "Arsenal" kuzatib bormoqda.

"Arsenal" dastlabki uchrashuvda "Renn"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin tomonlar futbolchining transferini muhokama qilishgan. O'shanda Sarr bir gol kiritgandi.

U bu mavsumda 26 o'yinda qatnashdi va 5 gol urib, 8 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal