"Atletiko" Morataning o'rniga ukrainalik hujumchini olib keladi?!

Alisher
16 iyun 2024
"Atletiko" forvard Alvaro Moratani qo'yib yuborishga tayyor.

"Kolchoneros" 31 yoshli Moratani sotishga tayyor, sababi "Jirona"dan Artyom Dovbik bilan shartnoma imzolamoqchi va uni asosiy forvard qilmoqchi. Ispan forvardi "Roma"ga 15 million evro evaziga o'tishi mumkin.

Morata "Atletiko" tarkibida o'tgan mavsum 48ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario AS