"Atletiko" to'xtamayapti, ular endi "Barselona" futbolchisi bilan kelishib olishdi

Tolibjon Qosimov
14 aug 2024
Yozgi transfer oynasida ancha faol bo'layotgan "Atletiko" yana bir kelishuvni amalga oshirishga yaqin turishibdi.

Markaziy himoyachi Kleman Langle "Barselona"dan "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

"COPE"ning malum qilishicha, franciyalik himoyachi va Madrid klubi o'zaro kelishuvga erishgan.

Ayni paytda "Atletiko" maoshlar daftarchasidan joy bo'shatish uchun bazi futbolchilarini sotishni mo'ljallamoqda.

Keltirilishicha, "Vilyarreal" ham Langle bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo futbolchi "matraschilar" variantiga urg'u bermoqda.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: COPE

Izohlar

Forza_inter
14 aug 2024
Atletiko sifatli futbolchilani oldi. Endi bir ikkita musrlaniyam obqo'yi dibtide.
Rasul Matkarimov
14 aug 2024
Balkim Atleticoda ochilib ketar
Dilmurod Umarov
14 aug 2024
Atletiko Madrid yaxshi xaridlarni amalga oshirmoqda