Avstraliya va Qatar Amerika Kubogida ishtirok etmaydi

Alisher
24 fev 2021
Amerika Kubogi-2020 yana bir jiddiy o'zgarishga uchradi.

Dastlab musobaqa koronavirus tufayli keyingi yozga qoldirilgandi. Kecha aniq bo'ldiki, Avstraliya va Qatar terma jamoalari unda ishtirok eta olishmaydi.

Gap shundaki, Avstraliya va Qatar JCH saralash o'yinlari vaqtini boshqa muddatga ko'chirgan Osiyo konfederatsiyasi a'zolari hisoblanadi.

Amerika Kubogi tashkilotchilari ishtirokchilar soni bo'yicha o'zgarishga xotirjam munosabatda bo'lishdi va boshqa jamoalar taklif etilishini istisno qilishmadi.


AlisherMuallif
Manba: Radio Red