"Ayachcho" - "Marsel"
Uchrashuvlar tarixi: +4 =2 -6.
Bosh hakam: Lionel Jaffredo (Vann).
Stadion: "Fransua Koti".
22 noyabr, 00:30.
2014 yilgi mundialning barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ldi, endi esa bemalol milliy chempionatlarga e'tibor qaratish mumkin. Fransiyada hamon "PSJ" yakka hokimlik qilmoqda, qolgan jamoalar esa unga raqobat qilishga urinishmoqda xolos. Chempionlik poygasida ishtirok etishi kutilayotgan klublardan biri "Marsel" klubidir. Dastlabki 13ta turda klub 21 ochko to'pladi va 5-o'rinda bormoqda.
O'tgan turda "Marsel" o'tgan turda nihoyat sentyabr oyidan keyin dastlabki g'alabani qo'lga kiritdi. Umuman olganda, "Sosho" ustidan qozonilgan g'alaba faxrlanish uchun sabab bo'lmaydi. "Marsel" autsayderlarni mag'lub etishi shart, buni klub futbolchilari ham tushunib turishibdi. "Sosho" so'nggi o'rindagi jamoa edi, "Marsel"ning bu turdagi raqibi – oxiridan bitta yuqoridagi jamoa.
"Provansallar" Korsikada "Ayachcho" mehmoni bo'lishadi. 12-turda "Valansen"ga mag'lub bo'lgan jamoa bosh murabbiysiz qoldi. Fabricio Ravanelli dastlabki 12ta o'yindan atiga bittasida yutib iste'foga chiqarildi. Dastlab "Ayachcho" rahbariyati bir hafta ichida yangi murabbiy topishlarini e'lon qilishgandi. Ammo "Marsel"ga qarshi o'yinga Korsika jamoasini vaqtincha murabbiy vazifasini bajarayotgan mutaxassis tayyorladi.
"Marsel" uchun eng katta yo'qotish - Andre Ayyu. Ganalik futbolchi JCH-2014 saralashi pley-offida Misrga qarshi o'yinda jarohat oldi. Endi u 8 hafta davolanadi Ayyudan tashqari Rod Fanni ham bu o'yinda maydonga tusha olmaydi.
euro-football.ru saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi