Azamat Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
19 jul 2017
Azamat Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi 5-6 avgust kunlari Qozog'istonning Astana shahrida EKSPO-2017 faxriylar turniri bo'lib o'tadi.

Bu turnirda oltita jamoa ishtirok etadi. Bular - Rossiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Qozog'iston va jahon futboli yulduzlar termasi. Hamyurtimiz Azamat Abduraimov ham turnirda ishtirok etish bo'yicha taklif olgan va u jahon termasi safida maydonga tushadi.

Abduraimov jahon termasida Gaiska Mendeta, Ernan Krespo kabi sobiq yulduzlar bilan birga o'ynaydi. Bundan tashqari, Muhsin Muhammadiev, Aleksandr Shovkovskiy, Jan-Per Papen, Yari Litmanen, Vinsen Kandela va boshqa sobiq futbolchilar ham musobaqaga taklif etilgan.

EKSPO-2017 faxriylar turniri Moskvadagi "Afsonalar Kubogi" tomonidan tashkil etiladi.



Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

AKC
19 jul 2017
А.Абдураимовга омад, отаси жаҳон тан олган футболчи бўлган бўлса боласини ҳам бутун жаҳон танир экан, бу жуда катта обрў-эътибор. Азамат сенга омад тилайман, тренерлик соҳасида бунданда катта ютуқларга эга чиқишингни тилаб қоламан.
АС МИЛАН
19 jul 2017
Жахон терма жамоаси таркибида Сергей Лебедев майдонга тушган эди ундан навбат А Абдураимовга эканда омад Азамат
agent 007
19 jul 2017
Қойил! Ишқилиб жахон термасига Бабаянни чақиришмаптими, мураббийликка? Лобанов, Сергеевларнинг маҳоратидан бутун дунё бахраманд бўлардида
SHOH.MAN_UNITED
19 jul 2017
Сергей Лебедов Осиё юлдузлари билан жаҳон юлдузлари ўйнаганда 1-таймда Осиё юлдузларида, 2-таймда жаҳон юлдузлари таркибида ўйнаганди. Яхшиям шулар бор......
Gennaro Gattuso
19 jul 2017
Klarens Zeydorf
Suxrob DINAMO
20 jul 2017
Muxsin Muxamadiev oooo qani endi usha damlar uzi uchar gilamlar. DINAMO 2000-2001 yillar.
Pakhtakor_fc
19 jul 2017
Paxtakor asl formasini sotilgan n +977505095 Foto yozish qish ko'ylagi, bir yomg'ir, Paxtakor sumkalar, T-ko'ylak va shortilar +998977505095