Azardan tepki egan yigitcha hozirda millionerga aylangan; Ronaldino va Meyvezer uning mijozlaridan hisoblanadi

Оқил Абдубарноев
24 aug 2022
"Chelsi"ning "Suonsi"ga qarshi o'yinida Eden Azar tepgan yigitcha Charli Morgan hozirda millionerlar safidan o'rin olgan.

Spirtli ichimliklar savdosi bilan shug'ullanadigan yigitchaning kompaniyasi 40 mln funt-sterlingga baholangan.

Morgan 2013 yil Angliya liga kubogi yarim finali javob uchrashuvi doirasida "Chelsi" - "Suonsi" bahsida o'sha paytlarda londonliklar azosi bo'lgan Eden Azardan tepki egan yigitcha sifatida tanilgandi.

O'sha o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida yigitcha 0:2 hisobida yutqazayotgan "Chelsi" futbolchisiga to'pni berishni istamagandek harakat qiladi va to'pni ostiga oladi. Azar o'spirin bosib turgan to'pni tepmoqchi bo'ladi, biroq unga ham shikast etkazib qo'yadi, oqibatda maydondan chetlatiladi. O'shanda "Chelsi" taslim etildi, finalda esa "Brentford" 5:0 hisobida dog'da qoldirildi.

Uelslik yigit 2022 yil Sunday Times'ning boylar reytingidan o'rin egalladi. Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldino hamda mashhur bokschi Floyd Meyvezer uning mijozlaridan hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: Talksport

Izohlar

Одилхон Мухиддинов
25 aug 2022
Силар нимани реклама қиляпсилар. Нима бу алкашликка тағибми? Лу пост нима учун керак битта ароқфурушни тақдири бизга нима қизиғи бор. Азар тўғри қилганакан. Яна ароғини қўрсатиб реклама қиляпсизлар. Бошқа тема қолмадими.?
Jahongir real madrid+azar
25 aug 2022
Ca bu ishlaring yaxshimas ALLOHDAN qo'rqinglar
Michael.
24 aug 2022
Bola koʻtni ishini qilgandi. Azar topga tepgandi man boʻsam yuziga tepardim!
Farhod2019
24 aug 2022
Tepkini qudratini qara
FK Barselona
24 aug 2022
Hayotda qanaqadir turtki sabab buladi mashxurlikka erishish uchun.Eslayman shu uyinni haqiqatdan bolakay kutlik qilgandi