"Terma jamoadan chaqiruv olish katta baxt, unda o'ynash esa ikki hissa baxt deb bilaman. Eng avvalo yoshlarni yig'inda sinab ko'rgan murabbiyimizga rahmat. To'g'risini aytsam, o'yindan avval qattiq hayajon bosdi. Klub o'z yo'liga, ammo MTJ libosini kiyish kishini junbushga keltirar ekan. Shunga bo'lsa kerak, o'yinim qovushmadi. Bu xato boshqa qaytarilmaslik uchun yana ko'proq ishlashim kerakligini tushunib etdim. MTJ nazariga tushish baxti hammaga ham nasib etavermaydi, bunday imkoniyatdan samarali foydalanishga harakat qilishim kerak. Akam ham o'yindan keyin kerakli maslahatlarni berdilar, o'yin paytida bir vaziyatda urishdilar ham", - deydi Azim Ahmedov.
- Odil bilan bir jamoa safida o'ynash qanday bo'ldi?
- "Navbahor" va "Paxtakor"da emas, akam bilan MTJda birga maydonga tushaman deb orzu ham qilmagan edim. Buni bir so'z bilan tushuntirib bera olmayman. Kecha asosan yoshlardan iborat tarkib tushganligi bois, kattalar bizga kerakli maslahatlarni berib turishdi. Mashg'ulotlar davomida ulardan yanada ko'p ma'lumotlar olishga harakat qilamiz.