Bahodir Ahmedov: "Hali optimal tarkibni aniqlab olganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2023
O'zbekiston hamda Malayziya futzal terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahsidan (4:3) so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov intervyu berdi.

Bahodir Ahmedov: "Malayziya terma jamoasi yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Asosiysi g'alaba qozonib, Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik".

- Ikki o'yindan xulosa qiladigan bo'lsak, jamoa birinchi bo'limda nega gol urishga qiynalyapti?

- Maydonda to'p yurishi qiyin bo'lyapti, shu sababli qiynaldik.

- Ikkala raqib ham darvozabonsiz o'ynash uslubini ko'p qo'llashdi, bizning terma jamoada esa deyarli bunday bo'lmadi...

- Raqib to'pga ko'proq vaqt egalik qilish uchun o'ynovchi darvozabondan foydalanishdi.

- O'zbekiston futzal terma jamoasida "brak" paslar ko'p, nega bunday bo'lyapti?

- Maydon qoplamasi sirg'anmaydigan bo'lgani sabab qiynaldik deb o'ylayman.

- O'zingiz uchun optimal tarkibni tanlab oldingizmi?

- Yo'q, hali tarkib optimal emas. Qolganlarni ham sinab ko'ramiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia