“Barsa” braziliyaliklarni ovlashda davom etadi. Endi navbat 18 yoshli Luanga

Kataloniyaliklar Braziliyaning “Vitoriya” jamoasi 18 yoshli yarim himoyachisini sotib olishga qiziqib qoldi.

Marca nashrining yozishicha, Kataloniya klubi yaqin vaqtlar ichida yosh Luanga taklif bilan chiqadi. O'yinchining transfer summasi 15 million evroni tashkil etishi mumkin.

Agar klub uni sotib olishga erishsa, Luanni jamoaning yoshlar tarkibiga joylashtiradi.


Manba: Маrcа