

“Barselona” Kataloniya derbisida “Espanol”ga umuman imkoniyat qoldirmadi. “Barselona” safida Ferran Torres dubl qayd etdi, shuningdek Lamin Yamal va Markus Reshford o'z hisobiga bittadan to'p yozib qo'ydi. “Espanol” safida esa Pol Lozano raqib darvozasini ishg'ol qildi.
“Barselona” ayni damda La Liga turnir jadvalida 31 o'yindan so'ng 79 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi “Real” hisobida 70 ochko bor.



