"Barselona" futbolchisi "Palmeyras"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
28 fev 2025
"Barselona" va "Betis" 20 yoshli hujumchi Vitor Rokening ijara shartnomasini bekor qildi.

Kataloniya klubi futbolchisini "Palmeyras"ga sotdi. Transfer summasi 25,5 mln evroga baholanmoqda, shuningdek, 5 mln evro bonus ham inobatga olingan.

Endi "Betis" Rokening o'rnini to'ldirish uchun "Barselona"ning 23 yoshli hujumchisi Pau Viktorni 2025 yil yozigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realbetisbalompie.es