"Barselona" ivuarlik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
21 mar 2020
"Barselona" "Tuluza" yarim himoyachisi Ibraima Sangareni kuzatmoqda.

Transfermarkt "Tuluza"ning 22 yoshli futbolchisini 12 million evroga baholagan.

Sangare joriy mavsum Liga 1'da 25ta o'yinda maydonga tushdi. "Barselona" shuningdek "Real" bilan David Alaba uchun raqobatga kirishgan.

Sangare Ivuarning "Dengele" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi "Tuluza"ga 2016 yildan kelgan.


AlisherMuallif
Manba: sport.es