"Barselona" sobiq ustozi: "Bunday holatlardan faqatgina "Real" chiqib keta oladi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2025
Ronald Kumanning fikriga ko'ra, "Real" ECHLda "Arsenal" to'sig'idan o'ta oladi.

Malumot uchun, "kanonirlar" ECHLning 1/4 finali doirasidagi dastlabki o'yinda "Real"ni 3:0 hisobida mag'lub qildi.

"Agarda bunday natijadan keyin vaziyatdan chiqib keta oladigan bir jamoa bo'lsa, bu faqatgina "Real", biroq hali ishlanadigan jihatlar ko'p. "Arsenal" o'sha kuni yaxshiroq edi. "Arsenal" xuddi PSJ, "Barselona" va "Liverpul" kabi to'p bilan va to'psiz juda yaxshi harakatlana oladi.

"Real" esa yaxshiroq bo'la olishi kerak. O'yinga qaytish uchun jamoada individual sifatlar etarlicha. Biroq Arteta shuni tushunishi va bilishi kerakki, u o'z o'yin uslubida doimo qola olishi lozim.

Bu ajoyib o'yinlar, ulardan zavq olish kerak. Men bundan zavq olganman. Menga "Barselona"ning o'yinlarini ko'rish doimo yoqadi, chunki u er ikkinchi uyimdek bo'lib qolgan", - dedi 2020/21 yilgi mavsumda "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ishlagan Kuman.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

ishonch
10 apr
Хаммасини Яратган билади. Оддий муҳлис сифатида қарайдиган бўлсак, Реал Лондонда тайинли битта хужум уюштирмади. Арсеналнинг зарбаларини Тибонинг маҳорати қутқарди. Қолаверса руҳий тушкунлик ва чарчоқ билан етиб келган Реал қандай қилиб 3 тўп фарқини йўққа чиқариши мумкин. Рақиб оддий жамоа бўлсаям тушунса бўлар эди. Куманга алам қиляпти шекилли Барсанинг ёрқин ўйинлари. Фикридан қанақадир ғазабнок ҳолат кузатиляпти. Адолатли ўйин бўлиб кучли клуб ярим финалга чиқсин.
FANAT FC NASAF_REAL.M
10 apr
Realga ishonamiz bundanam qiyin vaziyatlardan chiqib keta olgan mana kòrasila hali kambekni dahshati bòladi nasib
FANAT FC NASAF_REAL.M
10 apr
Realga ishonamiz bundanam qiyin vaziyatlardan chiqib keta olgan mana kòrasila hali kambekni dahshati bòladi nasib
Барсити!
10 apr
Нима Арсенал писта чакиб утирарканми? Арсенал хам урар яна 1, 2 та яна
ХОКИМ НАЗАР
10 apr
Арсеналга хурматсизлик бу. Арсенал оддий клуб эмас огзидаги ошни бериб куйгани.