

Jamoa kecha “Elche”ni (4:0) hisobida taslim etdi va mavsumning yigirmanchi o'yinida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. Umumiy hisobda Xavi jamoasi davom etayotgan La Liga bahslarida atigi 9 ta to'p o'tkazib yuborishgan.
Har ikki ko'rsatgich Ispaniya chempionatining rekordi hisoblanadi.
Ayni paytga Kataloniya jamoasi La Ligada 71 ochko bilan turnir peshqadami bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinda ketayotgan “Real Madrid” hisobidagi ochkolar esa 56 tani tashkil etadi.



