

Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 43 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi. Mutaxassis 2021 yildan beri "ko'k-anorranglilar" bilan ishlayapti. Amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Barselona" 26 turdan keyin 68 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. "Real" esa 56 ochko bilan ikkinchi o'rinda.



