"Barselona" Xolandni xarid qilish uchun kredit olmoqchi

Mirjalol Normatov
2 apr 2021
"Barselona" Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xolandni sotib olish uchun futbolchining otasi Alf-Inge Xoland va agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, hozircha holat unchalik jiddiy emas. Chunki futbolchiga boshqa klublardan ham qiziqishlar bor.

Ammo ESPN nashrining yozishicha, "Barselona" Xolandni sotib olish uchun bankdan kredit olishga tayyorlanmoqda. Klub 2019 yili "Atletiko"dan Antuan Grizmanni ham sotib olganda shu yo'lni tutgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN