

Ingliz klubi tajribali darvozabonni Edersonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Oldinroq "ko'k-anorranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegenga endi asosiy tarkib futbolchisi emasligini ma'lum qilgandi. Bu yana 3 yil amal qiladigan shartnomaga qaramay, klub bilan ajralishga olib kelishi mumkin.
Ter Shtegen 2014 yildan buyon "Barselona" darvozasini qo'riqlab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 422 o'yinda qatnashib, ularning 175 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalikning transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.



