"Bavariya" "Barselona"dan Niko Uilyamsni ilib kyetishga tayyorlanmoqda

Alisher Ostonov
21 iyun 2025
"Bavariya" Bilbaoning "Atletik" klubiga 22 yoshli chap qanot hujumchisi Niko Uilyams bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda.

Nemis grandi sport direktori Maks Eberl klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan Myunxenga qaytgan va keyingi mavsum uchun rejalashtirishni tezlashtirish uchun direktorlar kengashi a'zolari bilan uchrashmoqchi. Eberlning ustuvor maqsadlaridan biri Uilyamsni sotib olishdir.

Ayni paytda "Atletik" hujumchisini qo'lga kiritish uchun eng yaqin klub "Barselona" bo'lib turibdi, ammo "ko'k-anorranglilar" Uilyams uchun 58 mln evro miqdoridagi tovon pulini darhol to'lashga tayyor emas. Kataloniya klubi vingerning "Bavariya"ga o'tishi mumkinligini istisno qilmayapti.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca