

32 yoshli niderlandiyalik himoyachi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolandi. U myunxenliklar safiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. Bungacha u "Ayaks" bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Blind "Bavariya"da 23-raqamda harakat qiladi. Bugun u jamoa bilan Doxadagi yig'inga yo'l oladi.
Avvalroq, Blind "Bavariya"da yiliga 2 - 2,5 million evro atrofida maosh olishi haqida aytilgandi.




