"Bavariya" greciyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 oct 2023
Myunxenliklar safida sog'lom himoyachilar etishmayapti.

"Bavariya" greciyalik 35 yoshli himoyachi Sokratis Papastatopulosni safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda "Bild" nashri.

Manbaga ko'ra, Germaniya chempioni Papastatopulosni jamoaning jarohat olgan himoyachisi Dayo Upamekanoga o'shrinbosar sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq "Bavariya" Jerom Boatengni jamoaga qaytarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, Papastatopulos erkin agent bo'lgani uchun myunxenliklar transfer oynasi yopilganiga qaramay, u bilan shartnoma imzolashlari mumkin. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Bild

Izohlar

M-citi✓As Milan
14 oct 2023
Gretsiya yozila grecia emasku