“Bavariya” Shvaynshtaygerni qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2019
“Bavariya” vice-prezidenti Karl-Xaync Rummenigge AQSHning “Chikago Fayr” klubida o'ynayotgan myunxenliklarning sobiq a'zosi Bastian Shvaynshtaygerni jamoaga qaytarish niyatida.

“Rahbariyat doim “Bavariya”ning sobiq o'yinchilarini klub bilan birga bo'lishini xohlaydi. Masalan, men Bastian Shvaynshtaygerni yana jamoamizda ko'rishni istardim.” – deydi Rummenigge.

Germaniyalik 34 yoshli futbolchining “Chikago Fayr” bilan shartnomasi shu yilning so'nggiga qadar mo'ljalangan. Markaziy yarimhimoyachi 2000-2015-yillar oralig'ida “Bavariya” sharafini himoya etgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Abendzeitung