

So'nggi haftalar Germaniya chempionlari uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi. "Bavariya" muntazam ravishda ochkolar yo'qotmoqda va bundan "Bayer" foydalanib ketmoqda.
Myunxenliklar uch o'yinlik mag'lubiyatli seriyadan so'ng Tomas Tuxel uchun joriy mavsum so'nggisi ekanligini e'lon qildi. Endilikda murabbiy mavsum so'nggiga qadar ham qolmasligi mumkin.
Nemisning kelajagi "Lacio"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida hal bo'ladi. "Bavariya" ilk o'yinda Rimda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.



