"Bavariya"ning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
2 okt 2022
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller va yarim himoyachisi Joshua Kimmixning koronavirus testi ijobiy ko'rinish oldi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchilar o'z uyida bo'lishadi. Hozircha ularda kasallik simptomlari yuzaga chiqqani yo'q.

5 kundan keyin futbolchilar karantindan chiqariladi va keyingi 48 soatda ularning holatiga qarab yana karantin belgilanishi mumkin.

Shu orqali ushbu futbolchilar YCHL 3-turi doirasidagi "Viktoriya"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/bayern_de