Baxtiyor Ashurmatov: “O'zbekiston Kubogini yutdi degani, hayot tugadi degani emas”

Narzulla Saydullayev
4 noya 2018
Superliga 29-turida “So'g'diyona” o'z maydonida AGMK ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov  va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Lutfulla To'raevlar  matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinga kirishib kyetishimiz uchun bizga 45 daqiqa kerak bo'ldi. Raqib jamoa gol kiritmaguncha bizning futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi. Ikkinchi bo'lim davomida xujumkor futbol ko'rsatishga harakat qildik afsuski hisob 0:1 bo'lib qoldi. O'yinning boshidan 100% tayyorgarlik bilan chiqmaganimiz o'z so'zini aytdi va “So'g'diyona” g'alaba qozondi. “So'g'diyona”ni tabriklayman. O'zbekiston Kubogini yutdi degani bu hayot tugadi degani emas. Jamoa yoki futbolchi kuchli ekanligini har bir o'yinda isbotlash kerak. O'ylaymanki yigitlar bugungi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargan holda “Qo'qon-1912” ga qarshi bahsda tamomila boshqacha o'yin namoyish etadi -deydi Baxtiyor Ashurmatov.



- Bugun ikkala jamoa ko'rsatgan o'yin durangga mos bo'ldi. Birgina xato bizga qimmatga tushdi va So'g'diyona g'alaba qozondi. Oldinda 3 ta o'yin bor. Bu o'yinlardagi qo'lga kiritilgan har bir ochko oltingga teng. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz-deydi Lutfulla To'raev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати