Baxtiyor Hamidullaev: "Yana o'sha ahvol"

Narzulla Saydullayev
15 sen 2020
Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Nasaf" jamoasi qandayligini yaxshi bilamiz. Uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan jamoa sanaladi. Murabbiy Ro'ziqul Berdiev ancha vaqtdan beri bir tekisda ish olib bormoqda. Bunday jamoaga qarshi ochiq o'yin qilganimizda xato bo'lar edi. Shuning uchun ikkinchi raqam ostida harakat qildik. O'ylaymanki, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Ammo, yana o'sha ahvol. Yarim himoya chizig'i vakillari bilan ishladik, bu borada o'sish kuzatildi. Endi hujumchilar bilan ishlashimiz kerak. Keyingi o'yinlarda boshqacha bo'ladi.

Timur Usmonovni ilojsizlikdan orqaroqda o'ynatyapmiz. Bu uning joyi emas. O'zini xohishi bilan oldinga ketaverdi. O'zim ko'rsatma berib Farhodni o'rniga oldinga chiqardim. Uni o'zi bilan yana gaplashamiz.



"Andijon"da o'ynagan sobiq futbolchilarni murabbiy sifatida taklif qilish bo'yicha ish ketmoqda. Bitta murabbiyga oson emas. Kecha yordamchilarim B licenziyasiga o'qigani ketganida qiynalib qoldik o'zimiz.

Rahbariyat tomonidan yoshlarga e'tibor qaratish vazifasi qo'yilgan, yoshlarimizga ishonch bildiramiz. Bugun zahiradan tushgan yoshlar o'yinni kuchaytirdi. Keyingi uchrashuvlarda yana bir nechta yoshlarimizga imkoniyat beramiz.

Oxirgi daqiqada barcha oldinga o'tdi, gol urish uchun hamma yetib keldi. Biror narsa qilishmoqchi bo'lishdi. Shu vaziyat sabab Qahramon Bahodirov tortishib ketdi",- deydi Baxtiyor Hamidullaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia